Farg'ona osmonida yorqin chaqnoq qayd etildi. Astronomiya instituti holat yuzasidan ma'lumot berdi(video)

0

6 aprel kuni kechqurun Andijon va Namangan viloyatlari aholisi O'zbekiston osmonida yorqin chaqnoqqa guvoh bo'lishdi.

Xuddi shu hodisa Qirg'iziston osmonida ham kuzatildi, Bishkek va Chuy viloyati aholisi noma'lum ob'yektning qulaganini qayd etishdi.

O'zbekiston Fanlar akademiyasining Ulug'bek nomidagi Astronomiya instituti direktori o'rinbosari Yusufjon Tillayev hodisa yuzasidan «Gazeta.uz»ga izoh berdi.

«Ikki taxmin bor. Birinchisi — bu kosmik chiqindi, kosmik kemaning o'z vazifasini bajarib bo'lgan qismi. Ikkinchi taxminga ko'ra, bu — kosmik jism, asteroid parchasi bo'lib, kecha bolid ko'rinishida namoyon bo'ldi», — dedi Tillayev.

Direktor o'rinbosari ayni paytda institut mutaxassislari mazkur hodisa sabablarini o'rganayotganini aytdi. «Umid qilamanki, tez orada biz uning nima ekanini aniqlaymiz», — dedi olim.

FVV matbuot xizmati osmondan ob'yekt tushishi bilan bog'liq qandaydir vayronagarchiliklar to'g'risida axborot kelib tushmaganini xabar qildi.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here