Rossiyaga bir million nafargacha mehnat migrantlari qaytishi mumkin

0

Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov yaqin kunlarda bir million nafargacha mehnat migrantlari qaytishi mumkinligini aytdi.

Ma'lum qilinishicha, bunga koronavirus pandemiyasi sabab Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan qariyb bir yil to'xtatib qo'yilgan muntazam parvozlarning 1 apreldan qayta tiklanishi turtki bo'ladi.

«Bir million kishini kutyapmiz. Qiyinchilik shundaki, hozir reyslar kam uchyapti»,- dedi Kojenov.

Kojenov yer usti chegara postlari ochilishi bilan vaziyat keskin o'zgarishini istisno qilmadi. Koronavirus pandemiyasining ortga chekinish sur'ati bunga jiddiy umid qilish imkonini beradi.

loading...

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here