AQShda yana bir vaksinaning salbiy ta'sirlari sabab emlash ishlari to'xtatilmoqda

0

AQShda «Johnson & Johnson» farmatsevtika kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan aholini emlash ishlari olib borilayotgan ikkita markaz faoliyati to'xtatildi.

Bunga ushbu preparat bilan emlanganlar orasida ko'ngil aynish va bosh aylanishi kabi salbiy ta'sirlar kuzatilayotgani sabab bo'lgan.

«Wall Street Journal» nashrining yozishicha, Shimoliy Karolinada emlanganlar orasida 18, Koloradoda esa 10 dan ortiq odam emlashdan keyin nojo'ya ta'sirlar haqida ma'lum qilgan. Ulardan to'rt nafari kasalxonaga yotqizilgan.

«Johnson & Johnson» kompaniyasi vaksina tufayli kelib chiqqan ushbu salbiy reaksiyalarni o'rganishga kirishgani bildirgan.

8 aprel holatiga ko'ra AQShda 66 milliondan ortiq odam — mamlakat aholisining deyarli 20 foizi koronavirusga qarshi to'liq emlab bo'lingan.

loading...