Eng kuchli «iPhone» qurilmalari ma'lum bo'ldi

0

«iPhone 12 Pro Max» flagmani eng kuchli «Apple» gadjetlari reytingida oltinchi o'rinni egalladi. Qurilmalarning to'liq ro'yxati AnTuTu saytida e'lon qilingan.

2021 yil mart oyida o'tkazilgan testlar natijalariga ko'ra, uchinchi avlodning 12,9 dyuymli «iPad Pro“ ”Apple»ning eng kuchli mobil qurilmalari reytingida birinchi o'rinni egalladi. «Apple A12X Bionic» protsessori, to'rt gigabayt operativ va 256 gigabayt ichki xotiraga ega planshet 727 ming ball to'plagan.

Ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda 717 va 712 ming ball olgan «iPad Pro 4″ning 12,9 va 11 dyuymli versiyalari egallab turibdi.

E'tiborli jihati, eng yuqori besh o'rinni planshetlar band qildi. Xususan, kuchli beshlikka 11 dyuymli «iPad Pro» va  «iPad Air» kirgan.

Reytingni tuzuvchilar «iPhone 12 Pro Max»ni eng kuchli smartfon sifatida qayd etishgan.

loading...