Qasos davlatni bino qila olmaydi

0
Anti-apartheid leader and African National Congress (ANC) member Nelson Mandela raises clenched fist, arriving to address mass rally, a few days after his release from jail, 25 February 1990, in the conservative Afrikaaner town of Bloemfontein, where ANC was formed 75 years ago. (Photo by TREVOR SAMSON / AFP) (Photo by TREVOR SAMSON/AFP via Getty Images)

Janubiy Afrikaning sobiq rahbari Nelson Mandela o'z esdaliklarida yozadi:
– Davlatga rahbar bo'lganimdan so'ng shahar aylandim. Bir oshxonaga kirdik. Hamma joylashib, ma'qul ovqatini buyurdi. Taomni kutib turgan paytimiz ko'zim bir chetda o'tirgan kishiga tushdi. U ham kutib turgandi.
Boyagi kishini chaqirib kelishlarini aytdim. U kishi keldi. Yonimga o'tirishini aytdim. Taom keldi. Birga ovqatlana boshladik. Haligi kishi ter tagida qoldi. Qo'llari qaltirar, yuzidan ter sharillab oqar, ovqatini og'ziga olib bora olmas edi.

Ovqatdan so'ng u kishi ketdi. Shunda tanqo'riqchim menga: “U kishi kasal shekilli. Tuzuk ovqat yeya olmadi”, dedi. Men: “Yo'q! Ish sen o'ylaganday emas. U kasalmas. U men qamalgan qamoqxona qo'riqchisi edi. Ko'pincha menga azob berishgandan so'ng chanqab, suv so'rardim. Har safar shu kishi kelib ustimdan bavl qilardi. U bugun mening qamashim va unga ham shunday azob berishimdan qattiq qo'rqdi. Ammo bu mening axloqim emas. Chunki qasos davlatni bino qila olmaydi. Xalqlarni bino qiladigan narsa avfdir – dedim.

Manba: @etnosuz

loading...