Senat Xorzamda o'zini osgan 19 yoshli kelinchakning o'limi sababini aniqlashga kirishdi

0

Mazkur holatga Bosh prokuratura va Xorazm viloyati prokuraturasi o'z munosabatlarini bildirib, bugungi kunda Shovot tuman prokuraturasi tomonidan holat bo'yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borayotganligi, viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv natijalari yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olinganligini ma'lum qilgan.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi raisi Q.Burxanov tomonidan ham ushbu holat yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi nazoratga olindi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar qildi.

O'rganishlar yakuni bo'yicha qo'shimcha axborot beriladi, deyilgan xabarda.

loading...