YuRTIMIZDA KORONAVIRUSGA QARShI EMLANGANLAR SONI

0

YuRTIMIZDA KORONAVIRUSGA QARShI EMLANGANLAR SONI 200 MING NAFARDAN OShDI

 

12 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo'ylab  jami 67445 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi

 

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 216 087 nafarga yetdi

 

12 aprel kunidagi emlash ko'rsatkichlari bo'yich

Farg'ona viloyatida yana rekord qayd etilib, bir kunning o'zida 18 ming nafardan ortiq fuqaro (18363 nafar) emlandi.

Shuningdek, keyingi o'rinni 11 667 nafar ko'rsatkich bilan Andijon viloyati band qildi.

Uchinchi o'rinni esa  8397 nafar emlangan aholi bilan Namangan viloyati egalladi

 

E'tiborli jihati shuki, ushbu viloyatlarda koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni ham boshqa hududlardan bir necha barobar ko'pligi ko'rinmoqda (Farg'ona 36 ming nafardan, Namangan 27 ming nafardan, Andijon 25 ming nafardan oshiq

 

Emlash jarayonlari davom etadi

 

Sog'liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

 

Manba: @ssvmatbuotkotibi

loading...