Afrikada koronavirusning 34 ta mutatsiyasi aniqlandi

0

Angola aeroportida sayohatchilardan koronavirusning 34 ta mutatsiyasi aniqlangan.

Bu haqda Afrikada kuzatishlar olib borayotgan olimlar tomonidan ma'lum qilindi. Ta'kidlanishicha, ular Tanzaniyadan kelgan sayyohlar orasida aniqlangan.

Koronavirus ushbu shtammiga vaqtincha «A.VOI.V2» deb nomlandi. Olimlarning fikriga ko'ra, ushbu mutatsiyalarning barchasi virusning antitanachalarga chidamliligini oshirishi va uning yuqtirish qobiliyatini kuchaytirishi mumkin.

Avvalroq, Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova Rossiyaga boshqa davlatlardan kirib kelgan fuqarolarda koronavirusning qariyb 200 mutatsiyasi aniqlanganini ma'lum qilgan edi.

«Virusning 193 ta mutatsiyasi aniqlandi, shundan 49 tasi qo'shimcha o'rganishni talab qiladi», degan edi o'shanda Papova.

loading...