Isroil bir yillik tanaffusdan keyin sayyohlarga o'z eshigini ochmoqda.

0

13 may kuni Isroil koronavirusga qarshi emlangan xorijlik sayyohlar uchun may oyidan boshlab mamlakatga kirishga ruxsat berilishini ma'lum qildi. Isroil o'tgan yili koronavirus pandemiyasi sabab chet elliklar uchun chegaralarini yopgandi va bu holat bir yildan ko'proq muddat davom etdi.

 

Turizm vazirligi 23 maydan boshlab cheklangan miqdordagi sayyohlar guruhlarining mamlakatga kirishiga ruxsat berilishini, keyingi bosqichda esa yakka tarzda tashrif buyuruvchilarga ruxsat berilishini ma'lum qildi. Mamlakatga kirmoqchi bo'lgan barcha chet ellik sayyohlar Isroilga boradigan samolyotga chiqishdan oldin koronavirus testini topshiradi. Shuningdek, ular COVID-19 vaksinasini olganlarini tasdiqlovchi tekshiruvdan o'tishlari ham kerak bo'ladi.

 

Koronavirus pademiyasi tufayli Isroil iqtisodiyoti katta zarar ko'rgandi. O'tgan bir necha oy ichida Isroil muvaffaqiyatli tarzda aholini emlash dasturini amalga oshirdi va bu iqtisodiyotning ko'plab sektorlarini qayta yo'lga qo'yish imkonini berdi. Ammo, turizm sohasining ahvoli yomonligicha qolmoqda.

 

«Iqtisodiyotdagi sohalarning faoliyatini yo'lga qo'ydik, endi ehtiyotkorlik bilan turizm sohasiga ham ruxsat berish vaqti keldi» deydi Isroil Sog'liqni saqlash vaziri Yuli Edelshteyn.

 

Isroilda pandemiya boshlanganidan buyon 836 ming kishi ushbu kasallikka chalindi va ularning 6304 tasi vafot etdi. Ammo, dekabrda emlash boshlanganidan keyin og'ir ahvoldagi bemorlar va o'limlar soni ancha kamaydi.

loading...