Nigeriyada 15 nafar avtobus yo'lovchisi o'g'irlab ketildi

0

Nigeriyaning shimolida bir guruh qurollangan qaroqchilar avtobusdan 15 nafar yo'lovchini o'g'irlab ketishdi. Hodisa Katsina shtatida sodir bo'lgan.

 

Guvohlarning so'zlariga ko'ra, 20 ga yaqin jinoyatchilar Safan mintaqasidagi Tsakskiy – Ummadau yo'nalishi bo'yicha harakatlanayotgan avtobusga hujum qilishgan. Unda Jibiya shahridagi bozordan kelgan savdogarlar bo'lgani xabar qilinmoqda. Jinoyatchilar haydovchini to'xtatish uchun ogohlantiruvchi o'q otishdi.

 

Avvalroq Nigeriya shimolidagi Jangebe shahrida bir guruh qurollangan odamlar maktab-internatning 300 dan ziyod qiz o'quvchilarini o'g'irlab ketishgan edi. Bir necha kundan keyin ular qaytarib berildi.

 

 

loading...