Ob-havo ma'lumoti

0

Bugun kunduz kuni O'zbekistonda yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarimda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida beqaror ob-havo bo'lishi kutilmoqda, ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-25° iliq atrofida bo'ladi.

 

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-23° iliqni tashkil etadi.

 

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida ba'zi joylarda yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15° iliq bo'ladi.

 

Manba: O'zgidromet

loading...