Surxondaryoda fermer xo'jaligiga tegishli yerni sotmoqchi bo'lgan firibgar ushlandi

0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati, Bandixon tuman bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, “Ya.N.” fermer xo'jaligi hududidan 40 sotix yer maydonini shaxsiy tomorqa sifatida foydalanish uchun olib berib, tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 120 mln so'mni firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergovga harakatlari o'tkazilmoqda.

loading...