O'tkir o'lmay qolibdi!..

0

Oradan yarim soatcha o'tib, do'xtirlar kirib kelishdi. Ular chalajon bo'lib yotgan O'tkirni birdan tekshirishga tushib ketishmadi. Bir muddat tepasida qarab turishdi.

— Tirikka o'xshaydi, — dedi qorin qo'ygan do'xtir.

— Himm, — dedi novchasi.

— Nima qilamiz?

— «Sangorod»ga olib borish kerak. O'lgunicha u yer bu yerini tikib, yamab qo'ymasak, baloga qolamiz.

Baqaloq do'xtir birdan novchani turtib qo'ydi. Chunki, novcha ehtiyotsizlik qilib qo'ygan edida…

O'tkirni joni toshdan ekan. Lekin o'lganida ming marta yaxshi edi. Bir marta azoblanardi, shu bilan qutilardi qolardi… Oldiniga uni operatsiya qilishdi. Suyaklarini joy joyiga qo'yishdi. Gipslashdi. Yana qancha dori darmon qilishdi. Shu bilan naqd o'n besh kun deganda, ko'zini ochdi… Xuddi bu dunyoga birinchi marotaba kelib qolganday edi u. Bu dunyo unga notanish edi. Shu boisdlan har bir narsaga zo'r qiziqish bilan qarab chiqdi. Hatto u do'xtirlarni ko'rganida ham ajablandi… U yotgan do'xtircha kamerada yana ikkita bemor bor ekan. Har ikkisi ham kasalligini orqasidan kelib qolgan. Biri ko'r ichak bo'lgan, ikkinchisi o'pka kasalini ortirib olgandi. Gurs gurs yo'talardi…

loading...