Farg'onada «og'irimni yengil qilaman» deb inspektorga pora taklif qilgan fuqaro qo'lga olindi

0

Kecha, 14 aprel kuni Farg'ona viloyati inspektorlaridan biriga 24 yoshli fuqaro o'z og'irini yengil qilish uchun pora taklif qilgan. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ma'lum qilgan.

Xabarga ko'ra viloyat IIB Birinchi mintaqaviy hudud Toshloq tumani IIB YHXG ma'muriy materiallarni ko'rib chiqish inspektori G'.Ermatov viloyat IIB boshlig'i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, o'z bildirgisida, 1997 yilda tug'ilgan fuqaro R.Q. o'ziga nisbatan YPX inspektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 194-moddasi 1-qismi bilan rasmiylashtirilgan bayonnoma bo'yicha chora ko'rmasdan yengillik yaratib berish evaziga 100 (yuz) AQSh dollar miqdorida pora taklif etganligini ma'lum qilib, fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko'rilishini so'ragan.

Xodimning bildirgisi asosida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro R.Q. Toshloq tumani IIB YHXB binosidagi xizmat xonasida G'.Ermatovga 100 (yuz) AQSh dollar miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo'lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

loading...