Ro'zadormisiz?

0

Bir necha yigit Ramazon oyida bir mo'ysafid otaxonning odamlar ko'zidan pana joyda taom yeyayotganini ko'rib qolishibdi:

– Ie, Otaxon! Siz ro'zadormasmidingiz?

 

Otaxon:

– Nega? Albatta ro'zadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.

 

Yigitlar qah-qah kulib yuborishibdi:

– Rostdanmi Otaxon?

 

Otaxon dedi:

• Kimsaga yomon nazar tashlamayman,

• Birovni mazax qilmayman,

• Insonlarni g'iybat qilmayman,

• Hech kimning ko'ngliga ozor yetkazmayman,

• Odamlar bilan qo'pol muomala qilmayman,

• Birovning moliga ko'z olaytirmayman.

• Lekin… ming afsuski kasalim bor… Oshqozonim kasal. Shunga me'damni ro'zador qilolmayapman.

 

So'ngra otaxon yigitlardan so'radi:

– Sizlar ham ro'zadormisizlar, bolalarim?

 

Yigitlardan biri hijolatdan boshini egib ohista ovozda javob qaytardi:

– Yo'q! Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos…

 

Aziz qadrdonim! Siz ro'zadormisiz?

 

 

Manba: @Tafakkur3

loading...