O'zbekistonda 16 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

0

«O'zgidoromet» xizmati 16 aprel, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

 

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–11 daraja iliq, kunduzi 23–25 daraja issiq bo'ladi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo'ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo'ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9–14 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq bo'ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10–15 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo'ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq bo'ladi.

 

Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi.

loading...