Dunyoda eng ko'p taqibga uchragan xalq yoxud Kagotlar kimlar?

0

Bugungi mavzuimiz dunyoda eng ko'p taqibga uchragan xalqlardir. Ma'lumki, tarixan yevreylar va lo'lilar ko'p taqibga uchragan xalq sifatida e'tirof etiladi. Uchinchi o'rinda esa Kogotlar turadi.

Xo'sh, Kogotlar kimlar va ular nima uchun insoniyat tomonidan ko'p taqibga uchragan?

Evrey va sigan (lo'li)lardan farqli o'laroq, kagotlar jismoniy jihatdan yo'q qilinmagan. Bu xalq Fransiya va Ispaniyaning chegara hududlarida yashagan. Hozirda ular deyarli yo'q bo'lib ketgan, ushbu millatning so'nggi vakillari Fransiya hududlarida yashaydi.

Fransuz tilidan tarjima qilingan «kagot» so'zi «moxov» degan ma'noni anglatadi, chunki ular moxovlarning avlodlari deb hisoblangan. Ko'pgina taqiqlar kagotlar bilan bog'liq, xususan, ular oilalarni, qabilalarini yarata olmadilar, ularga suv havzalarida suzishga, yalangoyoq yurishga ruxsat berilmagan va h.k.

Kagotlar nasroniylikni tan olishgan, ammo nasroniylar ham ularni kamsitishlarini his qilishgan. Masalan, ular uchun cherkovda alohida bo'linma bilan alohida kirish joyi bor edi, chunki ular kuchli egilishi kerak edi, shuningdek, kagotlarga ibodat ob'yektlariga tegishi taqiqlangan edi, chunki agar ibodatxona narsalariga teginilsa ko'llarini chopib tashlashgan.

Shunday qilib moxov-kogotlar o'z-o'zidan qirilib ketgan…

loading...