Navoiyda “uddaburon” firibgar qo'lga olindi

0

O'zbek xalqida shunday munosabatlar borki, kimgadir ishonish uchun qonuniy shart qo'ymaydi, odamiylik borasida vijdon amrini bajaradi. Afsuski oramizda nafsi yo'lida ishonchni suiste'mol qiladiganlarning borligi  dilni xira qiladi.

1992 yilda tug'ilgan Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi “Akfa plast” MChJ ishchisi N.L, “Yaxshi niyat” MChJga qarashli tikuvxonani boshqarib kelayotgan X.Gning oldiga go'yoki maslahat solish maqsadida keladi. Turmush o'rtog'i uchun tikuvchilik sexi ochib berish, tikuv texnikalarini olish uchun esa 40 mln. so'mlik imtiyozli kredit olayotganini aytadi. Suhbat davomida uning ishonchiga kirib, hisob raqamiga pul o'tkazib berish evaziga, G.Xdan “Rashma” rusumdagi jami 8 dona to'g'ri chok tikuv mashinalari va uskunalarini olib ketadi. Maqsadini amalga oshirganidan boshi osmonga yetgan N.L tikuv mashinalari uchun kredit hujjatlarini rasmiylashtirmasdan turib pullash payiga tushadi va sotuvdan tushgan pullarni hech ikkilanmasdan ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. Bu ham yetmaganday xatirchilik Ya.N ismli ayol bilan tanishib ishonchini suiste'mol qilib, qaytarib berish sharti bilan 2 mln.so'm pullarni firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritadi. Uddaburon firibgar maqomini olgan N.Lning jinoiy harakatlariga nisbatan qonuniy chora ko'rildi. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2,3-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar! Moddiy boyliklaringizni o'zingiz tanimagan, bilmagan shaxsga ishonib topshirmang. Savdo munosabatlarini qonuniy yo'l bilan amalga oshiring.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati 

loading...