Niderlandiya supermarketlarida xakerlar hujumi sabab pishloq tugab qoldi

0

Niderlandiyadagi eng yirik supermarketlar tarmoqlaridan biri hisoblanuvchi Alber Heijn va boshqa do'konlarda xakerlar hujumi sabab ayrim mahsulotlar tanqisligi yuzaga keldi va pishloq tugab qoldi.

Hujum Bakker Logistiek kompaniyasi — mamlakatdagi eng yirik yetkazib beruvchilardan birining kompyuter tizimiga amalga oshirilgan. Xakerlar ma'lum bir mablag'ni olmaguniga qadar dastur tarmoqdagi qurilmani shifrlab qo'ygan.

Hujum oqibatida kompaniya mijozlardan buyurtmalarni ololmagan va yetkazib berishni rejalashtira olmagan, shuningdek, ulkan ombordagi ayrim mahsulotlar joylashgan joyni aniqlashning imkoni bo'lmagan. Ayniqsa, Alber Heijn tarmog'i katta zarar ko'rgan va xaridorlarni pishloq yetishmayotgani to'g'risida ogohlantirishga majbur bo'lgan.

Keyinroq Bakker Logistiek muammo bartaraf etilganini ma'lum qilgan, ammo kompaniya xakerlarga pul to'laganmi yoki yo'q — bunisi noma'lum. Yetkazib beruvchi tez orada mamlakatdagi supermarketlar tarmog'i peshtaxtalarini pishloqlarga to'ldirishni va'da qilmoqda.

Esquire

loading...