Ob-havo ma'lumoti

0

16 aprelda kunduz kuni respublika bo'yicha kam bulutli, quruq ob-havo bo'lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 22-27° iliqgacha, janubda va cho'l hududlarida 30° iliqgacha isiydi.

 

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Harorat 23-25° iliq bo'ladi.

 

Respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida yog'ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 m dan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Harorat 14-19° iliq atrofida bo'ladi.

 

Manba: O'zgidromet

loading...