Yangiyo'lda yuk avtomobili yonib ketdi

0

Joriy yilning  16 aprel kuni soat 10:35larda, Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani, Nurobod MFY hududidan o'tgan M-39 avtomobil yo'lining 832-kilometrida fuqaro J.Q.ga tegishli bo'lgan «ZIL-130» rusumli yuk avtomobilida yong'in yuzaga kelgan. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yong'in o't o'chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong'in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo'q. Transport vositasiga zarar yetgan.

️Mazkur hodisa yuzasidan Yangiyo'l tumani IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong'in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

«Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo'lishlarini so'raymiz»,–deyiladi YHXBB xabarida.

loading...