Bekobodlik fuqaro o'zganing do'konini o'ziniki qilib ko'rsatib sotmoqchi bo'ldi

0

Bekobodlik fuqaro o'zganing do'konini o'ziniki qilib ko'rsatib sotmoqchi bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma'lum qildi.

Bekobod tuman IIB boshlig'i nomiga 42 yoshli K.Aysara ariza bilan murojaat qilib, unda 2019 yilning dekabr oylarida tanishi 43 yoshli M.Farxad uning yakka tadbirkorlik bilan shug'ullanishidan xabar topib, Zafar shaharchasida do'koni borligini ushbu do'konini unga sotishini aytib oldindan 3 150 AQSh dollar va 2 000 000 so'm pullarni olib ketganligini, keyinchalik ushbu do'kon umuman boshqa shaxsga tegishli ekanligini bilganligini, shu kunga qadar M.Farxad firibgarlik yo'li bilan olgan pullarini bermasdan kelayotganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, M.Farxad vaqtinchalik hech qaerda ishlamasligi, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan M.Farxadga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...