Bir kunda uch nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi

0

O'zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan, 2021 yil 1 aprel kunidan qidiruvda bo'lgan, 1982 yilda tug'ilgan Z.Ya. Toshkent viloyati IIBB YXXB RIBda aniqlanib ushlangan.

U haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish maqsadida kelgan vaqtida YXXB inspektorining hushyorligi sabab qidiruvda ekanligi aniqlanib, darhol qo'lga olish choralari ko'rilgan. Z.Ya. ga nisbatan Samarqand viloyati Jomboy tumani IIB tomonidan e'lon qilingan qidiruv to'xtatildi.

Bundan tashqari, shu kuni Qibray va Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 46, 168, 244-moddasida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, sud organidan yashirinib, aprel oyi boshidan buyon qidiruvda bo'lgan ikki nafar shaxslar qo'lga olingan. Hozirda ularga nisbatan tegishli choralar ko'rilishi ta'minlanmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

loading...