Bola huquqlari bo'yicha vakil: ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 239 nafar tarbiyalanuvchi eshitish apparatlariga muhtoj

0

Karmana tumanidagi kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim tarbiya beruvchi 25-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati binosi 1958 yilda qurilgan. Moslashtirilgan bino. 180 o'rinli o'quv binosi va 100 o'rinli yotoqxona binosining qurilishi 2021 yilda rejalashtirilgan, lekin qurilish ishlari boshlanmagan.

 

Quvvati 250 o'rin. Muassasada 257 nafar (qizlar 116 nafar) tarbiyalanuvchilar mavjud. Maktabgacha ta'lim guruhida 18 nafar tarbiyalanuvchilar bor. 2017-2020 yillar maboynida 4 nafar bola inklyuziv ta'lim olish uchun yashash joyiga yuborilgan. O'quvchilarning ovqatlantirilishi, salomatligi nazorat qilinib borilmoqda.

 

 

Aniqlangan kamchiliklar: Sport zali yo'q. Sinflarda statsionar ovoz kuchaytiruvchi moslamalarga ehtiyoj mavjud. 239 nafar tarbiyalanuvchi eshitish apparatlariga muhtoj.

 


Manba: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati

 

loading...