Ilon Mask Tesla’ning Texasda qurilayotgan zavodiga Cybertruck’da keldi

0

Amerikalik biznesmen, milliarder, Ilon Mask Tesla’ning Texasda qurilayotgan Giga Texas zavodiga Cybertruck elektromobilida keldi. Bu haqda Mask o'zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Maskning ishchilar qarshisida qilgan chiqishi tasvirlangan suratlarni, shuningdek, elektromobil saloni tasvirlarini e'lon qilmoqda. Pikapga futuristik rul-shturval va yangilangan Tesla Model S’dagi kabi 17 dyuymli displey o'rnatilgan.

Avtomobilni seriyali ishlab chiqarish 2021 yilga rejalashtirilgan, biroq aniq muddat hozirga qadar noma'lum.

Ilon Mask Tesla Cybertruck pikapini 2019 yilning noyabrida taqdim etgandi. Elektromobil korpusi zanglamaydigan sovuq katondan ishlangan, oynalari Tesla texnologiyasi bo'yicha zirhlangan. Biznesmenning so'zlariga ko'ra, bu kabi avtomobil 9 millimetrli pistolet o'qlariga bardoshli.

Maskning o'zi futuristik dizaynga ega pikap rulida bir necha bor ko'rinish bergan. Masalan, 2020 yilning mayida Mask Cybertruck pikapida yerosti tunneli bo'ylab sayr qilgandi.

loading...