Internetda narkotik moddalar reklamasi joylashtirilgan 50dan ortiq resurslar o'chirildi

0

Bundan bir qancha vaqt muqaddam AOKA va IIV axborot xizmati o'zaro hamkorlikda narkotik moddalari reklamasi joylashtirilgan manzil haqida xabar qabul qiluvchi @stopnarko_bot Telegram botini ishga tushirgan edi.

O'tgan qisqa vaqt ichida mazkur botga keng jamoatchilik tomonidan ko'plab ma'lumotlar kelib tushdi. Ushbu ma'lumotlar asosida tegishli o'rganishlar olib borildi hamda ijtimoiy tarmoqlarda narkotik moddalar reklamasi, manzili haqida ma'lumot beruvchi 50dan ortiq resurs faoliyati to'xtatildi.

Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Hurmatli yurtdoshlar!

Narkotik moddalar reklamasi joylashtirilgan barcha ma'lumotlarni @stopnarko_bot ga yuboring.

Befarq bo'lmang!

loading...