Xitoy AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini «bir tomonlama» deb atab, ularni qoralamoqda

0

Xitoy AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini «bir tomonlama» deb atab, ularni qoralamoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Liszyan aytib o'tdi.

«AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari — bu butun dunyo hamjamiyati qarshi bo'lgan bir tomonlama gegemon choralardir», — deyiladi departament xabarida. Shu bilan birga, Pekin Vashington va Moskva o'zaro ziddiyatlarni muloqot orqali hal qilishi mumkinligiga umid bildirdi.

15 aprel kuni AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. Yangi sanksiyalar Rossiyaning AQShdagi 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashishi, AQSh hukumat idoralariga qilingan kiberhujum va Rossiyaning Afg'onistondagi amerikaliklarga qarshi «Tolibon» jangarilari bilan til biriktirgani bilan bog'liq. Oq uy fevral oyida Rossiyaning ushbu harakatlari uchun AQSh rasmiylari unga qarshi sanksiyalar rejalashtirayotganini aytgandi.

Polsha AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo'llab-quvvatladi. Polsha Varshavadagi uch nafar rossiyalik diplomatni persona non grata deb e'lon qildi, ular mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Birgalikda qabul qilingan, kelishilgan ittifoq qarorlari Rossiyaning dushmanlik harakatlariga eng munosib javobdir», — deyiladi Polsha xabarida.

O'z navbatida NATO ham AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni mamnuniyat bilan qo'llab-quvvatlamoqda. NATO Rossiyani Yevro-Atlantika xavfsizligiga tahdid deb bilmoqda va Moskvani «beqarorlashtiruvchi xatti-harakatlarni darhol tugatishga va ittifoqchilar singari o'z majburiyatlarini, xususan, qurol nazorati, qurolsizlantirish va qurolni tarqatmaslik shartlarini bajarishga chaqirdi».

«TASS»

loading...