Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Rossiyaga uchib ketdi

0

“Sibur Arena”da o'tadigan an'anaviy xalqaro musobaqada bu yil 15 mamlakat vakillari g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Ular orasida mezbon va o'zbekistonlik bokschilardan tashqari Kuba, Qozog'iston, Hindiston, Shotlandiya, Tailand, Marokash, Niderlandiya kabi yetakchi mamlakatlarni ham uchratish mumkin.

Musobaqada Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan erkaklar terma jamoamiz to'liq tarkibda qatnashishi ahamiyatli. Rossiya safariga quyidagi bokschilarimiz yo'l olishdi:

49kg: Nodirjon Mirzahmedov

52kg: Shahobiddin Zoirov

56kg: Mirazizbek Mirzaxalilov

60kg: Abdumalik Halakov

64kg: Elnur Abduraimov

69kg: Bobousmon Boturov

75kg: Fanat Qahramonov

81kg: Dilshodbek Ro'zmetov

91kg: Sanjar Tursunov

+91kg: Bahodir Jalolov

loading...