Britaniyada koronavirusga chalingan erkak saratondan tuzaldi

0

Britaniyada onkologik kasalligi bor 61 yoshli erkak koronavirusdan tuzalgach, undagi saratonning barcha belgilari g'oyib bo'ldi.

Ekspertlarning fikricha, mazkur holat juda kamyob hisoblanadi, shuningdek, taxminlarga ko'ra, koronavirus infeksiyasi bemor organizmidagi saraton hujayralarini yo'q qilgan bo'lishi mumkin.

Bemorga Xojkin limfomasi tashxisi qo'yilgan va kimyo terapiya kurs belgilangan, biroq davolash ishlari boshlanishidan oldin u koronavirusga chalingani sabab kurslardan o'ta olmagan. Koronavirus bo'yicha salbiy test natijasini olgach, erkak onkologiya tekshiruvidan o'tgan va uning organizmida saraton hujayralari yo'qligi aniqlangan.

«Bizningcha, koronavirus o'simtaga qarshi immun javobini qo'zg'atgan», — deydi Kornuoll qirollik kasalxonasi shifokori Sara Challoner.

Taxminlarga ko'ra, erkak organizmida ko'plab T-hujayralar bo'lgan — infeksiyaning virusli hujayralarini yo'q qilishga qodir oq qon tanachalari.

Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarining ta'kidlashicha, ayrim holatlarda infeksiya saratonni bostirishi mumkin. Bu kabi holat 1893 yilda qayd etilgan.

«Korrespondent.net»

loading...