Eronda zilzila sodir bo'ldi

0

Yerosti silkinishlarining epitsentri 160 ming nafar aholi istiqomat qiladigan Bushir port shahridan 96 kilometr uzoqlikda shimoli-g'arbda joylashgan. Yer silkinishining o'chog'i 10 kilometr chuqurlikda ekani taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, zilziladan keyin ikkita kuchli qayta silkinish holati kuzatilgan va ularning magnitudasi mos ravishda 5 va 4,4 ballni tashkil etgan.

Tabiiy ofat oqibatida jarohatlanganlar yoki halok bo'lganlar haqida ma'lumotlar berilmagan.

loading...