​KORONAVIRUSGA QARShI EMLANGANLAR 400 MING NAFARDAN OShDI

0

17 aprel kuni mamlakatimiz hududlari bo'ylab jami 33 208 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.

Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 403 136 nafarga yetdi.

17 aprel kunidagi emlash ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori o'rinlarni:

Farg'ona viloyati (4545 nafar),

Qashqadaryo viloyati (4350 nafar),

Samarqand viloyati (4344 nafar)
band qildi.

E'tiborli jihati shuki, koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

Farg'ona viloyatida 58529 nafar,

Andijon viloyatida 44309 nafar,

Namangan viloyatida 40664 ,

Samarqand viloyatida 36178 nafarni tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Sog'liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi.

loading...