Sirdaryolik ayol turmushga chiqmagan qizni Turkiyaga fohishalikka olib ketmoqchi bo'ldi

0

2021 yilning 17 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Sirdaryo viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo'limi hamda Guliston shahar IIO FMB TEQKB xodimlari tomonidan odam savdosi jinoyati yuzasidan tadbir o'tkazildi. Bu haqda  Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan xabar berildi.

Xabarga ko'ra, tadbir davomida 1983 yilda Sirdaryo viloyatida tug'ilgan, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi fuqaro D.T, 1991 yilda Qoraqalpog'iston Respublikasida tug'ilgan, turmushga chiqmagan, Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi fuqaro N.Kni “Spark” rusumli avtomashinada Toshkent shahridagi xalqaro aeroport orqali Turkiya davlati, Antaliya shahriga foxishalik bilan shug'ullanish uchun olib ketayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo'lga olingan.

«Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

loading...