Twitter platformasida uzilishlar yuzaga keldi

0

Twitter tarmog'ining ishlashidagi uzilishlar shanba kuni qator mamlakatlarda kuzatildi. Bu haqida mashhur Internet-resurslarning ishini kuzatadigan Downdetestor xizmati tasdiqladi.

Eng ko'p shikoyat AQSh, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Germaniyadan kelib tushgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, Qo'shma Shtatlar foydalanuvchilarning 42 foizi saytdagi uzilishlardan, 30 foizi o'z akkauntlariga kira olmayotganligidan shikoyat qilmoqda. Yana 26 foiz foydalanuvchi iPhone va iPad dasturlari bilan bog'liq muammolarga duch kelishgan.

loading...