Xiaomi Mi MIX Fold sotuvga chiqdi: buklanuvchan va juda qimmat flagman | Hordiq.uz
Bosh sahifa Texnologiya Xiaomi Mi MIX Fold sotuvga chiqdi: buklanuvchan va juda qimmat flagman

Xiaomi Mi MIX Fold sotuvga chiqdi: buklanuvchan va juda qimmat flagman

0

Xitoyda Xiaomi’ning birinchi buklanuvchan smartfoni — Mi MIX Fold 9999 yuan (1530 dollar) narxida sotuvga chiqdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Taqqoslash uchun, Mi MIX Fold’ning eng yaqin raqobatchisi Samsung Galaxy Z Fold 2 undan qariyb 1,5 barobar qimmat va o'tgan yilgi protsessorda ishlaydi. Samsung tez orada ushbu qurilmaning yangi avlodini taqdim etishi kerak.

Mi MIX Fold Samsung Galaxy Z Fold 2 uslubidagi konstruksiyaga ega bo'lgan. Uning ichida 8 dyuymli AMOLED-displey yashiringan bo'lib, u teng ikkiga bo'linadi — tomonlari nisbati 4:3 va piksellari soni 2480×1860. Tashqi tomoniga kichikroq qo'shimcha ekran o'rnatilgan.

Katta ekranda o'yin o'ynash internetda video ko'rish, brauzerdan foydalanish, hujjatlar bilan ishlash va boshqa ko'plab vazifalarni bajarish mumkin. Tashqi qo'shimcha ekran qo'ng'iroqlarni amalga oshirish, xabarlar yuborish va boshqa oddiy amallar uchun mo'ljallangan. Kompaniya smartfon bir million marotaba ochilib-yopilishga bardoshli ekanligiga kafolat bermoqda.

Tashqi ekranning texnik tavsifi — piksellari soni 2520x820 va 90 gersli yangilanish chastotasiga ega 6,52 dyuymli AMOLED.

Kompaniya Mi MIX Fold uchun tizimning maxsus stol rejimi ishlab chiqqan bo'lib, unda interfeys noutbuk va kompyuterlar uchun operatsion tizimni yodga soladi. Mazkur rejimda bir nechta oynalar bilan birdagina ishlash yoki ish stolini sozlash mumkin.

Smartfon ichidan Snapdragon 888 protsessori, sig'imi 5020 mA/soatga teng akkumulyator o'rin olgan bo'lib, u 67 vattli tezkor quvvatlanish

funksiyasiga ega.

loading...