Gunohkor!..

0

O'tkirning ko'zidan yosh oqdi. Shuncha dovdiradi. Kerak bo'lsa, kapitanni tergovchi ekanligiga qaramay, taqdiri aynan shunga bog'liqligia qaramay har baolalarni gapirib tashladi. Keyin jahil ustida yo'q joydagi ayblarni ham bo'yniga oldi… Ha, u xarom ish bilan sho'g'illangandi. Shunday ishni qilish uning chekiga tushgan edi. Lekin bu degani qayoqdagi ayblarni ham qildim degani emas-ku…

U ko'zini yumib bir soatlar yotganidan keyin advokat keldi. O'tkir uni tanimas edi. Birinchi marta ko'rib turgandi. O'zi kelib tanishtirdi, o'zini. Men Sattor Temirovman, aka. Bugundan boshlab sizni advokatingizman. Aslida bir hafta oldin tayinlangandim. O'tgan kunlar mobaynida sizni «ishingiz» bilan tanishib chiqdim, dedi…

— Yorug'lik bormi? — so'radi O'tkir xasta ovozda.

— Aka lyuboy qorong'ulikni bir chetida hech bo'lmasa bitta milt etgan narsa bo'ladi. O'shani yondirib yuborsak, olam gulistonda! — deya irjaydi advokat, — ammo ishingiz nihoyatda og'ir. Keyin xabariyam uzoqlarga ketgan. Bundan tashqari butun shahar eshitgan. Hamma qulog'ini ding qilib turibdi…

— Bunisini bilaman, Sattor aka…

— Ana shu bilgan narsalaringizni hammasi, yukda… Sizni yoningizdan chiqib ketgan tergovchi bilan gaplashdim. Xo'-o'sh, masalani chigallashtirmay to'g'ri qilibsiz. Lekin bir ikkitasini o'tkazib yuboribsiz… Biroq hech qisi yo'q. To'g'rlasa bo'ladi… Bugun men sizdan hech nima so'ramayman. Shundoq ham charchagansiz. Do'xtirlar aytishdi. Zo'riqtirish mumkin emas ekan… Faqat shartnomaga qo'l qo'yib bersangiz bo'ldi.

— Necha pul? — dedi O'tkir uning ko'ziga tikilib.

— Oti dunyomidi aka, sizga bitta «puf». Dollarga chaqqanda bor yo'g'i 5 ming dollar…

O'tkir yotgan joyida kuldi. so'ng:

— Ha-a, bitta «puf» ekan, lekin meni hozir o'zimdan boshqa hech vaqom yo'q…

— Aka, — deb eshik tomonga qarab qo'ydi, Sattor, — Maxkam, degan ukangiz bor ekan. Tergovchilar, ataylabdan teginmadik unga, deyishdi. Ularni gaplariga qaraganda sizni o'ng qo'lingiz bo'lgan ekan. Hozir ham kelayotganimda darvozani yonida ko'rdim. Qo'li ko'ksida turibdi. Nima ish bo'lsa bajaraman, deydi. Moshinasining yuk xonasi to'la yeguliklar…

Shu gaplarni eshitishi bilan O'tkirning ko'zidan yosh oqdi. Labi titradi…

— Qo'ying, aka, sizga yarashmaydi. Bunaqa bosh og'riqlar kimlarni boshiga tushmaydi, deysiz. Beayb, Parvardigor… Issiq jonmiz, bir xil payti issig'imiz chiqadi, ba'zida sovuqligimiz oshib ketadi… Xullas, o'sha ukangizga bitta xatcha yozib berasiz olam guliston… Men ham aslida bundan bu yog'iga sizni ukangizman…

— Menga qarang, Sattor, kamerani almashtirishni ilojisi yo'qmi?..

Sattor ko'zini kamera devorlariga qaratdi. Bir boshidan hammasini ko'rib chiqdi.

— Ha-a, sizga yarashmaydi bu joy. Men kattasi bilan gaplashaman…

Sattor ich ichidan xursand bo'lgan edi. Sababi, pul qilishi uchun yana bitta imkoniyat eshigi ochildi… Kerak bo'lsa, kamerani almashtirishga shartnomadagidan ko'p olish mumkin…

loading...