Haddan ortiq terlaganda (gipergidroz) nima qilish kerak?

0

Tananing butun yuzasi ter bezlari bilan qoplangan. Ular normal tana haroratini saqlab turish uchun zarur bo'lgan namlikni hosil qiladi. Ter miqdori asab impulslari va qonning gormonal tarkibi bilan tartibga solinadi.

-Gipergidrozning 2 ta: birinchi va ikkinchi darajali turlari bor. Birinchi turi tug'ma terlash bo'lib, unda terlashning sabablari yo'q. Ikkinchi darajali gipergidroz davolovchi preparatlar ichish, gormonal o'zgarishlar va ayrim kasalliklar tufayli sodir bo'ladi.

Gipergidroz profilaktikasida quyidagilar tavsiya etiladi:

tabiiy matoli (paxta, zig'ir) kiyimlarni kiying;

-krossovka va yopiq poyabzal ostidan paypoq kiying;

dezodorant emas, antiperspirantdan foydalaning;

-nam salfetkalardan foydalaning.

-stressga yengilmang;

-terlashni ko'paytiradigan oziq-ovqat va ichimliklarni ovqat ratsionidan olib tashlang.

«Sog'lom hayot»

loading...