Kechroq og'iz yopish mumkinmi?

1

8664-savol

 

Assalomu alaykum! Ro'zada og'iz yopishga kech qolib, uyg'onishi bilan xech narsa yemay, duo o'qib suv bilan og'iz yopib yuborsa bo'ladimi?

 

JAVOB:

 

– Va alaykum assalom! Xalqimizda «Kech qolgan odam bir ho'plam suv ichib bo'lsa ham og'zini yopib olsin» degan gap bor. Bu qaysi bir la'nati insonning gapi ekanligini bilmaymiz. Bir xo'plam suv ichishi bilan o'sha kungi ro'za, ro'za bo'lmaydi. Kech uyg'ongan odam yemaydi ham bir xo'plam ham suv ichmasdan niyat qilib olaveradi. Biz javobni qo'polroq yozishga harakat qildik, shoyad insonlarning zehnida o'rnashib qolsa. Vallohu a'lam!

 

 

«Zikr ahlidan so'rang» hay'ati

 

 

loading...

1 TA FIKR

  1. Zexnda o`rnashib qolishi uchun «LANATI» -deyish kerak emas….axmoq, joxil ,nodon , buzg`unchi degan so`zlar borku……
    lanatlash Allohgagina xosdir…..Alloh lanatlamagan kimsalarni kamchiliklarini ko`rgan xolimizda xam lanatlashga shoshilmaylik……Alloh bilguchiroq…..

Comments are closed.