Koronavirus sabab Toshkentdagi yana bir universitetda nomuayyan muddatgacha masofaviy ta'lim beriladi

0

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining professor-o'qituvchilari, talabalari orasida koronavirusga chalinish holati aniqlanganligi sababli, 2021 yilning 19 apreldan universitetda o'quv jarayoni masofaviy shaklga o'tkazildi.

Avvalgi OTMlardan farqli o'laroq, mazkur universitetda masofaviy o'qish muddati nomuayyan muddatga, aniqrog'i epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar deb belgilangan.

Bungacha ba'zi OTMlarda koronavirusga chalinish holati aniqlanganda 14 kun muddatga masofaviy o'qish tartibiga o'tilgan edi.

loading...