Misrda bir oy ichida poezd ishtirokida uchinchi favqulodda hodisa yuz berdi(foto)

0

Mansur shahridan poytaxt Qohiraga yo'l olayotgan poezdning 8ta vagoni relslardan chiqib ketib, ag'darilib ketgan. Voqea Qalubiya viloyatidagi Tux temir yo'l stansiyasi yaqinida yuz bergan.

Misr sog'liqni saqlash vazirligi rasmiy ma'lumotlariga ko'ra, falokat oqibatida 97 kishi jabr ko'rgan. Biroq Al Shorouq nashrining voqea joyidagi amaldorlarga tayanib xabar berishicha, hodisa oqibatida 16 kishi halok bo'lgan. Hozircha bu borada rasmiy ma'lumotlar yo'q.

Falokat sabablarini aniqlash bo'yicha texnik komissiya tuzilgan.

Dastlabki tergov natijalariga ko'ra, poezd mashinisti yo'lning ta'mirlash ishlari olib borilgan qismida 30 km/soat tezlik bilan harakatlanish o'rniga soatiga 120 km tezlik bilan harakatlangan. Aynan shu holat falokatga sabab bo'lgan.

Ushbu falokat oxirgi bir oy ichida Misr temir yo'llarida yuz berayotgan uchinchi favqulodda hodisadir. Mart oxirida Taxta shahrida ikki poezd to'qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo'lgandi va 50dan ko'proq kishi jarohat olgandi.

Shuningdek, 15 aprelda Sharqiya viloyatida poezdning relslardan chiqib ketishi oqibatida 15 kishi jabrlangandi.

loading...