NASA vertolyotining Marsdagi birinchi parvozi 19 aprelga rejalashtirildi

0

Marsga Perseverance marsoxodi bilan borgan Ingenuity vertolyot dronining 11 aprelga belgilangan Qizil sayyoradagi birinchi parvozi 19 aprel, dushanba kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda NASA’ga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

NASA’ning ma'lumot berishicha, Ingenuity’ning birinchi parvozi AQShning sharqiy sohili vaqti bilan soat 3:30 ga (Toshkent vaqti bilan 12:30) rejalashtirilgan.

Shuningdek, parvoz haqida ma'lumotlar u yakunlanganidan bir necha soat o'tib, Yerga yetkaziladi.

Parvoz davomida Perseverance marsoxodi vertolyot dron tomonidan olingan suratlar va ma'lumotlarni qabul qiladi va Yerga qayta jo'natadi.

NASA’ga ko'ra, 9 aprel kuni vertolyot rotorini sinovdan o'tkazish paytida muammolar paydo bo'lgan. Parvoz rejimiga o'tish paytida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnik muammolar to'g'risidagi alomatlar tufayli asosiy rotor tezligining sinovi kutilganidan oldinroq tugagan.

11 aprelda rejalashtirilgan vertolyot dronning ishga tushirilishi 14 aprelga qoldirildi. Lekin yuzaga kelgan muammoni bartaraf etish uchun NASA mutaxassislariga ko'proq vaqt kerak bo'ldi. Ular uchuvchi qurilmaning dasturiy ta'minotini yangilash va sinovdan keyin Ingenuity tizimiga o'rnatilgan proshivkasini tayyorlashiga to'g'ri keldi.

Vertolyot droni 4 aprel kuni Amerika marsoxodidan tashlangan ajralib chiqqan edi. O'tgan vaqt davomida, -90 daraja haroratdan omon qolgan qurilma yaqinlashayotgan parvoz uchun quyosh panellari yordamida o'z akkumulyatorini muvaffaqiyatli quvvatlantirib oldi.

20-30 soniya davom etgan birinchi parvozning balandligi, taxminan, uch metrni tashkil qildi. Keyingi bosqichlarda uni besh metrga ko'tarish rejalashtirilgan.

Ingenuity’ning ishlashi 31 kunga mo'ljallangan. Marsdagi parvozlar paytida u marsoxodni o'rab turgan joyning aerofotosuratlarini oladi.

 

loading...