Navoiyda «Nexia» chorrahani kesib o'tayotgan velosipedchini urib yubordi

0

Navioy shahrida 10 aprel, shanba kuni «Nexia» chorrahani kesib o'tayotgan velosiped haydovchisini urib yubordi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati ma'lum qildi.

 

Xabarga ko'ra, holat soat 18:00 atrofida sodir bo'lgan. Aniqlanishicha, velosipedchi svetaforning taqiqlovchi qizil chirog'idan o'tayotganida «Nexia» urib yuborgan. Jabrlanuvchi yo'l-transport hodisasi oqibatida tan jarohatlari olib, tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo'limiga yotqizilgan. Biroq u ko'rsatilgan muolajalarga qaramay, bir necha kun o'tib vafot etgan.

 

Manba: Bugun.uz

loading...