Toshkentda 36 yoshli erkak bedarak yo'qoldi

0

Toshkentda 36 yoshli erkak qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

«1985 yilda tug'ilgan Sarsenbayev Allambergen Yerejepovich joriy yilning 8 aprel kuni taxminan soat 16.00 da Chilonzor tumanidagi savdo markazidan chiqib, qaytib kelmagan.
Belgilari: bo'yi 165-170 sm, tanasi o'rtacha, sochlari kalta qora.

Kiyimlari: qora kurtka, qora shim, etik.

Hurmatli fuqarolar! Agar sizda Sarsenbayev Allambergenning qaerdaligi haqida ma'lumot bo'lsa, eng yaqin ichki ishlar bo'limiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so'raymiz», deyiladi xabarda.

loading...