O'zbekistonga kelgan nigeriyalik ingliz tili o'qituvchisiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Sabab…

0

O'zbekiston Respublikasiga ingliz tili fani bo'yicha o'qitish maqsadida kelgan nigeriyalik 34 yoshli O.Innosent tanishi X.O. ni o'z uyida mehmon qilib, uning ichimlik suviga noma'lum modda qo'shib berib, sarxush holatga kelganidan foydalanib rasmga tushirgan va ushbu suratlarni “Telegram messenger” ijtimoiy tarmog'i orqali tarqatib yubormasligi evaziga 5 000 000 so'm pullarni talab qilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

2021 yilning 14 aprel kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi, JQB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, O.Innosent Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Shoxsaroy” to'yxonasi oldida X.O.dan 2 000 000 so'm pullarni tovlamachilik yo'li bilan olayotgan vaqtida qo'lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo'l shahar IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan O.Innosentga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...