XURMO DAVOLAYDI

0

Kamqonlikda: Ibn Sino qoni kamayib, zaiflashib qolgan kishilarga xurmo iste'mol qilishni buyurgan.

Buyrak kasalliklarida: Xurmoning bir hovuch danagini yaxshilab yuvib, 1-2 kun quritib, ustiga yarim litr qaynoq suv quying. 10 daqiqa suv bug'ida qaynatilgach, buyrak kasalliklarida kuniga 2 mahal ovqatdan oldin yarim piyoladan ichiladi.

Gijjalardan xalos bo'lishda: Xurmo urug'i mayda kukun holiga keltirilib, bir choy qoshiqdan qaynagan suv bilan ichiladi. Davolanish muddati – 6 kun.

Buqoq, gipertoniyada: Xurmondan tayyorlangan sharbat buqoq, gipertoniya kasalliklariga davodir.

Ich qotishida: Xurmo ich qotishida dori o'rnini bosa oladi. Tunda yotishdan oldin bir piyola suv bilan 2-3 ta xurmo yeyilsa, ichni yumshatadi.

loading...