Bugun O'zbekistonda ob-havo 28 darajagacha issiq bo'ladi

0

«O'zgidromet» ertaga, 20 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

 

Unga ko'ra, Toshkent shahrida havo o'zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol g'arbdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Ba'zi joylarda 12–17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13–15, kunduzi 20–22 daraja iliq bo'ladi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Shamol g'arbdan sekundiga 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Ayrim joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10–15, kunduzi 20–25 daraja iliq bo'ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda bir oz yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Ba'zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 daraja iliq bo'ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, kechasi va ertalab yog'ingarchilik bo'lmaydi, kunduzi yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Ba'zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12–17 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq bo'ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o'zgarib turadi, ayrim joylarda bir oz yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Ba'zi joylarda shamol tezligi 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 daraja iliq bo'ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Shamol g'arbdan sekundiga 7–12 metr tezlikda esadi. Ba'zi joylarda 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10–15, kunduzi 22–27 daraja iliq bo'ladi.

 

Respublikamizning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, kechasi tog'oldi va tog'li tumanlarda yog'ingarchilik bo'lmaydi, kunduzi yomg'ir yog'ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatining 2200 metrdan baland bo'lgan tog'li hududlarida qor ko'chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o'z yo'nalishini o'zgartirib, g'arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi 17–22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4–9, kunduzi 12–17 daraja iliq bo'ladi.

loading...