​​​​Juda chuqur ma'noli hikoya…

0

Vrach-jarrohga qo'ng'iroq bo'libdi:

– Ha, eshitaman. – Iltimos, tezroq yetib keling, bu yerda bir yigit o'lim holatida, tez operatsiya qilish kerak! – Mana boryapman! Va tezda mashinaga o'tirib, kasalxonaga shoshilibdi. Kasal yigitning otasi unga ta'na bilan: – Nega kechikib kelyapsiz? O'g'lim o'lim holatida! Agar bu sizning o'g'lingiz bo'lganda, siz ham shunday qilarmidingiz? Jarroh yengil tabassum bilan dedi: – Men eshitgan zahotiyoq, yugurib kelyapman. Va shuni unutmangki, bari Alloh irodasiga bog'liq! Vrach operatsiyaga kirib ketibdi. Operatsiya og'ir va uzoq davom etdi. Keyin u chiqibdi va hech narsa demasdan, kasalning otasi yonidan o'tib tezda ketibdi. Undan keyin vrach yordamchisi chiqibdi va otasi yoniga kelib debdi: – O'g'lingiz yashaydi. U avvaliga quvondi, ammo keyin uning yuzidagi tabassum yo'qoldi va dedi: – Bu vrach qanday yomon odam… Chiqdi va hatto hech qanday xayrli xabar aytmadi.

Uning o'g'li bugun ertalab aviahalokatga uchradi va voqea joyida vafot qildi. Siz qo'ng'iroq qilgan vaqtingizda, u o'g'li dafn marosimida edi, eshitgan zahoti barini tashlab yetib keldi. U – ajoyib inson. U sizning o'g'lingizga yordam berish uchun o'z o'g'li dafn marosimini tashlab keldi…

 

Manba: Suratdagi tarix

loading...