Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kimlar qabul qilinmaydi?

0

— Ayting-chi, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga kimlar qabul qilinmaydi?

Karima,

Andijon viloyati

— Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga quyidagi shaxslar qabul qilinmaydi:

a) aqli o'ta zaif bolalar (imbitsil, idiotiya darajasidagi oligofreniya);

b) xulq-atvorida og'ir buzilishlar, hissiy-irodaviy sohasida (organik) nuqsonlari bo'lgan bolalar;

v) tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo'lgan, mustaqil ravishda harakatlana olmaydigan va o'z-o'ziga xizmat ko'rsata olmaydigan bolalar;

g) ko'r-kar-soqov bolalar;

d) tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoqdan aziyat chekadigan (epileptik demensiya, kunduzgi va tungi vaqtlarda tutqanog'i tez-tez takrorlanadigan) bolalar;

e) markaziy asab tizimiga shikast yetganligi tufayli siydik va najasini ushlab turolmaydigan bolalar.

Savolga Izboskan tuman Adliya bo'limi bosh maslahatchisi A. G'ulomjonov javob berdi.

loading...