Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham karantinga yopildi

0

Talaba-yoshlar o'rtasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishini oldini olish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o'quv jarayoni 2021-yil 27-apreldan  10-mayga qadar (14 kun)  (hozircha, o'zgarishi mumkin) masofaviy shaklda tashkil etildi.

Ma'lum qilinishicha, universitetda o'quv jarayonini masofaviy shaklda, ZOOM orqali, dars jadvalida belgilangan vaqtlarda o'tilishi ta'minlanadi.