Komil Yormatov tavalludiga 118 yil to'ldi

0

O'zbekiston xalq artisti, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, atoqli kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov 1903 yil 2 may kuni Tojikistonda tavallud topgan. 1931 yili S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya institutini tamomlagan. 1941 yildan “O'zbekfilm” kinostudiyasida badiiy rahbar sifatida ishlay boshlagan.

Komil Yormatov ijodi davomida “Muhojir”, “Alisher Navoiy”, “Abu Ali ibn Sino”, “Opa-singil Rahmonovalar”, “Ikki dil dostoni”, “Osiyo ustidagi bo'ron”, “Nodirabegim”, “Paxtaoy” kabi filmlarni suratga olgan. 1978 yilda Toshkentda vafot etgan.

Bugun atoqli kinorejissyor va ssenarist Komil Yormatov tavalludiga 118 yil to'ldi.

loading...