«Milliy» stadion eski nomi «Bunyodkor»ga almashtirildi

0

Toshkentdagi «Milliy» stadioni uch yillik faoliyatidan keyin qaytadan yana «Bunyodkor» deb nomlandi.

Qayd etilishicha, Umid Ahmadjonov O'FA prezidentligi davrida «Milliy» stadioniga aylangan arenadagi ushbu yozuvli peshtaxta olib tashlanib, 30 aprel kuni qaytadan «Bunyodkor»ga almashtirildi.

Milliy jamoa va «Bunyodkor» klubi uy stadioni sanalmish ushbu arenada hozirda «Bunyodkor» futbol klubi ma'muriyati va O'zbekiston professional futbol ligasi ham joy olgan.

loading...